KPR Kolkerni sotib olganligi e'lon qildi

23 iyul 2014, 01:05
"KPR" jamoasi "Kardiff" klubi himoyachisi Kolkerni o'z safiga qo'shib oldi.
Futbolchi va klub o'rtasida 4 yillik shartnoma imzolandi.

"Men bu klub safiga kelib qo'shilganimdan baxtiyorman. Yana premer ligada o'ynash baxtiga muyassar bo'ldim. Xarri Rednapp meni bu yerda paydo bo'lishimga katta sababchi bo'ldi. Murabbiyning ishonchi bu men uchun eng muhimi. Bizning asosiy mafsadimiz - 40 ochko ishlab olish. Shuncha ochko bilan premer ligada qolishimiz mumkin"
, - deya o'z so'zlarini yakunladi Kolker.

Manba: sports.ru