Koutinodan "kuygan" "Liverpul" boshqa bir yetakchisiga umrbod shartnoma taklif qilmoqchi

Tolibjon Qosimov
11 yanv 2018, 11:28
"Liverpul" klubi hujumchi Roberto Firmino bilan yangi kelishuvga erishmoqchi.

Mersisaydliklar 26 yoshli braziliyalikka faoliyatining oxiriga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor. Klub yaqindagina "Barselona"ga o'tib ketgan Filippe Koutino taqdiridan keyin shunday qarorga kelgan.

Firminoning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: telegraph.co.uk