Kolumbiya - Angliya: Keyn uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi

4 iyul 2018, 07:38
Angliya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finalida Kolumbiya bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv penaltilar seriyasi natijasiga ko'ra, inglizlarning g'alabasi bilan yakunlandi (1:1, penaltilar seriyasida 4:3).

Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Keyn 57-daqiqada Kolumbiya darvozasi tomonga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, o'yinda hisobni ochgandi. Angliya terma jamoasi 1/4 finalida Shvetsiyaga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA