

FIFA ushbu musobaqada ishlaydigan hakamlar nomini rasman e'lon qildi.
Alirizo Fag'oni (Eron), Sidi Alium (Kamerun), Joel Aguilar (Gonduras), Vilmar Roldan (Kolumbiya), Metyu Konger (Yangi Zelandiya), Yonas Eriksson (Shvetsiya).
Yaponiyalik Ryuji Sato esa qo'shimcha hakam safida ro'yxatdan o'tgan.
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida "River Pleyt" (Argentina), "Barselona" (Ispaniya), "Mazembe" (Kongo), "Amerika" (Meksika), "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya), OCHL-2015 g'olibi va Yaponiya chempioni ishtirok etadi.



