Klublar o'rtasidagi jahon chempionati Marokashda o'tkaziladi

Оқил Абдубарноев
16 dek 2022
Navbatdagi klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2023 yil Marokashda bo'lib o'tadi.

Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino ma'lum qildi. Turnir 1-11 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Unda "Real Madrid" (Ispaniya), "Flamengo" (Braziliya), "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Al Ahli" (Misr), Oklend Siti (Yangi Zelandiya), Sietl Saunders (AQSH) va Vidad (Marokash) klublari ishtirok etadi.

Turnirning amaldagi g'olibi "Chelsi" hisoblanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fifa.com