Klub muxlislari, "Turon"ning g'alabali onlari hali oldinda ekanligi, jamoaning o'yini, rotaciya haqida – Islom Ismoilov ishtirokidagi matbuot anjumani

Sherzod Nurmatov
10 may 2021, 22:03
Superliganing 5-turi doirasidagi qoldirilgan "Turon" – AGMK (0:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalo, muxlislardan uzr so'raymiz. Ularning oldida xijolatdamiz, chunki jamoa 7 turdan buyon g'alaba qozona olmayapti. Muxlislarimiz bunga loyiq emas, mana bugun ham noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, kelib, bizni qo'llab-quvvatlashdi. Umid qilamizki, jamoaning g'alabali onlari hali oldinda va ularni xursand qilamiz.

O'yinga kelsak, yomon boshlamadik, birinchi bo'limda to'liq nazoratni qo'lga oldik, bir qancha vaziyatlarni yaratdik. Lekin bu – futbol, undan har doim yaxshi o'ynagan jamoa g'olib chiqmaydi. Demak, nimanidir noto'g'ri qilyapmiz, shu bois mag'lubiyatga uchradik. Barcha aybni o'z zimmamga olaman. Futbolchilar bilan gaplashib oldik, 2 kundan keyin bizni yana bir o'yin kutmoqda. Bu narsa ruhiy holatimizga ta’sir qilmasligi kerak. Vaziyatdan chiqib ketish uchun harakat qilamiz.

Jamoamiz a'zolariga keladigan bo'lsak, tarkibimizda 27 ta o'yinchi bor. Qaysidir paytda ro'yxatga kira olmayotgan o'yinchilarni rotaciyani amalga oshirib, almashtiramiz. Bu safar qaydnomaga Orifxo'ja Abduxoliqov o'rniga jarohatdan qaytgan Asilbek Qayumovni kiritishga qaror qildik", – Islom Ismoilov

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia