Kloppning Chempionlar ligasi o'yinlaridagi diskvalifikaciyasi yana bitta o'yinga uzaytirildi

3 okt 2013, 14:30
UEFA qaroriga asosan, “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning Chempionlar ligasi o'yinlaridagi diskvalifikaciyasi yana bitta o'yinga uzaytirildi.

Nemis mutaxassisi “Napoli”ga qarshi o'yinda hakam bilan tortishgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Shu sababli o'z klubining “Marsel”ga qarshi o'yinini (3:0) tribunadan turib kuzatishga majbur bo'ldi.

Shunday qilib, Klopp jamoasining 22 oktyabr kuni “Arsenal”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinini o'tkazib yuboradi.


Manba: sports.ru