Klopp: "Nunes yo'lning boshida, u hali formaga kirishi kerak"

Sherzod Nurmatov
29 okt 2022, 11:29
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Darvin Nunes bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.

Klopp "qizillar" rasmiy saytiga Nunes qisqa tatildan so'ng jamoaga kelgani va "Liverpul" katta klub ekani, futbolchi birinchi marta bunday jamoada maydonga tushsa, hamma uni kuzatib turishini aytdi. Bu hali boshlanishi, futbolchi mashg'ulotlar orqali formaga kirishi kerak, deya qo'shimcha qildi murabbiy.

23 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golga hammualliflik qildi.

"Liverpul" 11 o'yindan keyin 16 ochko to'plagan holda APLda 11-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com