Klopp - "Man Siti" bilan bahs haqida: "Futbol olamidagi eng qiyin o'yin"

Mirjalol Normatov
6 noya 2020, 22:45
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 8-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin haqida to'xtaldi.

"Ikki jamoa uchun ham qiyin o'yin. Ushbu mavsumda ko'p narsa o'zgarib ketdi, shu boisdan o'tgan va undan oldingi mavsum bilan hozirgisini solishtirib bo'lmaydi.

Menga shunday o'yinlar yoqadi, jiddiy tayyorgarlik, bo'shashishga vaqt yo'q. Lekin ularni mag'lub etish - rostdan juda qiyin ish.

O'tgan mavsumda Manchestyerda uch kunlik chempionlar sifatida mag'lub bo'lgandik. O'shanda biz uchun ajoyib damlar o'tayotgandi.

Uy yoki safarda o'ynayotganimizning farqi yo'q, asosiysi - mardlarcha kurashish va bor kuchimiz bilan maydonda harakat qilishimiz kerak. Chunki bu o'yin futbol olamidagi eng qiyin o'yindir", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia