Klopp jurnalistlarga: "Nyukasl"ga qarshi bahsdan so'ng stadionni tark etmasangiz ham bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
26 dek 2018, 17:45
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp qiziqarli fakt haqida o'z fikrini bildirdi.

So'nggi 10ta mavsum Rojdestvo payti APLda yetakchilik qilgan jamoa, Angliya chempioni bo'lgan.

"Bu haqida eshitdim. Vau. Biroq bu hikoyalar ahmoqlik.

Agar shunday bo'lganida, men dam olishga chiqib ketsam ham bo'lardi. Ammo bunday emas.

Hozircha hech narsa sodir bo'lgani yo'q. May haqida o'ylamaslik kerak. Hozir bor e'tiborni "Nyukasl"ga qarshi bahsga qaratish lozim.

Stadionni tark etmasangiz ham bo'ladi, chunki tez orada bu erga "Arsenal" keladi" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com