Klopp: "Futbolchilarimizga yangi shartnomalar - bizning transferlardir"

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019, 11:28
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning aytishiga ko'ra, jamoadagi hozirgi futbolchilar yangilaridan ko'ra ko'proq kerak.

"Yangi shartnomalar - umuman olganda bizning transferlar. Misol uchun, bir futbolchi yaxshi o'ynab tursa, uning qolishini istaysiz. Agarda u jamoa bilan shartnomani uzaytirsa, uning narxi ko'tariladi va klub keyinchalik uni sotishi mumkin.

Bu biz uchun transferlar va raqiblar uchun jiddiy chaqiruv", - deydi Klopp.

"Liverpul" ushbu yozda faqatgina bir futbolchi - gollandiyalik himoyachi Sepp van den Bergni transfer qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com