Klopp Fabino qachon safga qaytishini aytdi

Eldor Akmurzayev
31 yanv 2021, 22:35
"Liverpul" futbolchisi Fabino APL 20-turidan o'rin olgan “Tottenxem” (3:1)ga qarshi uchrashuvda oyoq mushaklaridan jarohatlangandi.

“Kichik jarohatlar odatda futbolchi kamida uchta o'yinga safdan chiqqanini anglatadi. Hafta qanday o'tishiga qarab, bu to'rttaga cho'zilishi mumkin. Menimcha, Fabino “Manchester Siti” bilan uchrashuvgacha qayta oladi”, deydi Klopp.

Shu tariqa, braziliyalik “Vest Xem” va “Brayton”ga qarshi uchrashuvlar o'tkazib yuboradi. “Manchester Siti” bilan o'yin esa 7 fevralga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport