Klopp: "Borussiya" kerakli yo'nalishda olg'a qadam tashladi"

Aslanov Jasurbek
29 okt 2014, 11:29
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya Kubogi doirasida bo'lib o'tgan "Sankt-Pauli"ga qarshi o'yindan (3:0) so'ng uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Natijadan ko'nglim to'ldi va jamoam birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdi. Shu bilan birga futbolchilarimning ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yiniga etirozim bor. Barcha imkoniyatlarda to'g'ri harakat qilmadik, ammo biribir maydonda ustun edik. "Borussiya" o'yinni boshqardi. Biz yaxshiroq o'ynay olardik, lekin kerakli yo'nalishda olg'a qadam tashladik deb o'ylayman" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com