Klopp Alkantara qachon safga qaytishini aytdi

Sherzod Nurmatov
1 mar 2022, 22:13
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ispaniyalik yarim himoyachi Tiago Alkantaraning jarohatdan tiklanish muddatini ma'lum qildi.

"Tiago son qismida biroz noqulaylik sezdi, lekin u formada bo'lmasa-da, yaxshi holatda. Alkantara "Norvich"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi. U YCHL doirasidagi "Inter" bilan o'yinda ishtirok eta olsa kerak", – dedi Klopp.

30 yoshli Altkantara ushbu mavsumda "Liverpul" safida 20 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com