Keyn APL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 8-o'ringa ko'tarildi

Eldor Akmurzayev
4 apr 2021, 20:10
Angliya chempionati 30-turidan o'rin olgan "Nyukasl" – "Tottenxem" bahsida jangovar durang (2:2) qayd etildi.

O'yinda dublni rasmiylashtirgan “shporlar” hujumchisi Xarri Keyn musobaqadagi 161 va 162-gollarini urdi. U APL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 8-pog'onadagi Jermeyn Defo bilan tenglashib oldi.

Ulardan oldinroqda esa Robbi Fauler (163 gol) bormoqda.

1. Alan Shirer – 260 gol;

2. Ueyn Runi – 208;

3. Endi Koul – 187;

4. Serxio Aguero – 181;

5. Frenk Lempard – 177;

6. Terri Anri – 175;

7. Robbi Fauler – 163;

8-9. Xarri Keyn – 162;

8-9. Jermeyn Defo – 162.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: premierleague.com