Kevin Gameyro: “Jahon chempionatiga borishimga ishonaman”
Tolibjon Qosimov
26 fev 2014, 11:17
“Sevilya” klubi hujumchisi Kevin Gameyro Fransiya terma jamoasi safida JCH-2014 musobaqasida ishtirok etishiga ishonmoqda.
- Jahon chempionatiga borishimga ishonaman. Hozir faqatgina “Sevilya” tarkibida yaxshiroq o'ynasam bo'lgani. Dide Deshamda yaxshi taasurot qoldirib termaga chaqiruv olaman deb umid qilaman, - hujumchining so'zlarini keltiradi L`Equipe.