Keylor Navas: “Hozircha hech qaysi klub bilan shartnoma imzolamadim”

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2014, 13:10
Kosta-Rika terma jamoasi hamda Ispaniyaning “Levante” klubi darvozaboni Keylor Navas Madridning “Real”i bilan shartnoma imzolaganini rad etdi.
Bir muddat avval matbuotda JCH-2014 qahramonlaridan birining “Qirollik klubi” bilan kelishuvga erishgani haqida yozilgandi.

“O'ylaymanki, tez orada hammasi yaxshi bo'ladi. Lekin hozircha hech kim bilan rasman shartnoma imzolamadim. Ammo, kutyapman”, - deya Navasning so'zlaridan iqtibos keltiryapti Mundo Deportivo nashri.

Eslatib o'tamiz, Braziliyada o'tgan mundialda Navas Kosta-Rika terma jamoasi bilan chorak finalga qadar yetib borgan va yarim final ostonasida Gollandiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com