Kazemiro Saudiyaga yo'l olishi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
15 noya 2023, 10:00
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro jamoani tark etishi mumkin.

Unga Saudiya Arabistonidan ajoyib taklif kelib tushgan. Ingliz jamoasi ham yarim himoyachisini yaxshi summaga sotib yuborishga tayyorligini ma'lum qildi. 

31 yoshli futbolchi 2022 yilda "Real Madrid"dan Angliyaga ko'chib o'tgandi. U joriy mavsum 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 1 ta golga uzatma mavjud. Yarim himoyachining MYU bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com