Kazemiro "Real"ga kim yetishmayotganini aytdi

Mirjalol Normatov
24 mar 2019
"Real" yarim himoyachisi Karlos Kazemiro jamoaga Krishtianu Ronaldu yetishmayotganini aytdi.

"Shak-shubxasiz, "Real"ga Ronaldu yetishmayapti. Uni jamoada ushlab qolishning iloji bo'lmadi. Ronaldu - dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U bilan bir jamoada o'ynash menga yoqardi. Biroq endi u "Real" futbolchisi emas", - dedi Kazemiro.

34 yoshli Ronaldu yozda "Yuventus"ga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS