Kasilyas yozda "Arsenal"ga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
29 apr 2015, 14:16
"Real" darvozaboni Iker Kasilyas mavsum yakunlanganidan so'ng "Qirollik klubi"ni tark etmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, tomonlar bir-biri bilan muzokaralarni boshlagan. "Real" Kasilyasni jamoadan erkin agent sifatida qo'yib yubormoqchi.

Oldinroq "Real" prezidenti Florentino Peres Kasilyas yozda jamoani tark etishini istayotganini takidlagan edi. Posbonning amaldagi shartnomasi 2017 yilgacha belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com