Karlo Anchelotti "Real"ning 1-davradagi ishtirokiga baho berdi

Aziz Tukhtamuradov
4 yanv 2024, 07:49
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining birinchi davradagi ishtirokini baholadi.

Madridliklar La Liganing 19-turida "Malorka"ni mag'lub etishdi va ayni paytda 48 ochko bilan 1-o'rinni egallab turishdi. 


Chempionatdagi raqobat haqida

"Yo'q, bu ligada raqobat bor. Unda "Jirona" ham yaxshi ishtirok etmoqda. 

Birinchi davradan bundan ham yaxshiroq o'yin ko'rsata olmasdik. Ammo endi oldinga qarashimiz kerak. 


Birinchi davrada o'tkazib yuborilgan 11 ta gol haqida

"Men bu statistikadan juda xursandman. Bu borini berib o'ynashning samarasi. 

Biz "Atletiko"ga qarshi o'yin vaqtida yuzaga kelgan muammoni hal qildik. O'sha o'yinda biz yomon himoyalanayotganimizni tushundik", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca