Kannavaro "Dinamo" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025, 11:39
"Yuventus" sobiq futbolchisi Fabio Kannavaro Zagrebning "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Bu haqda Xorvatiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Takidlanishicha, 51 yoshli italiyalik 3 yanvar kuni futbolchilarga tanishtiriladi.

"Dinamo" 18 turdan keyin 29 ochko bilan Xorvatiya chempionati turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam bilan farq etti ochkoni tashkil etadi.

"Dinamo" navbatdagi o'yinini 22 yanvar kuni Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi o'tkazadi. 

Eslatib o'tamiz, Kannavaroning so'nggi ish joyi Italiyaning "Udineze"si bo'lib, u yerda 2024 yilning aprelidan iyunigacha ishlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gnkdinamo.hr