Kanchelskis yaqin vaqtlar ichida qaysi jamoada ish boshlashini aytdi

Omonjon To`xtamirzayev
16 iyun 2023
"Navbahor" klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis yaqinda ishga qaytishini ma'lum qildi.

Keyingi hafta barchasi hal bo'lishi kerak. Agarda hammasi ko'ngildagidek o'tsa, Sobiq Ittifoqning Osiyodagi qismida ish boshlayman. Ish bo'yicha takliflar borligi quvonarli, albatta.

Ishga qaytishni juda ham istayapman, ammo har qanday vaziyatga tayyorman. Bunday vaziyatlarda xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qilaman.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport24.ru