Kamerun – Xorvatiya. Eto'O o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
16 iyun 2014, 08:10
Kamerun terma jamoasi futbolchisi Samuel Eto’O ketma-ket ikkinchi kun mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.

Futbolchi shanba kuni ham tizzasidagi jarohati sabab mashg'ulotlarda ishtirok eta olmagan edi.

Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi Folker Finkening so'zlariga ko'ra, Eto’O ushbu jarohatini "Chelsi" tarkibida olgan.

Shu tariqa, futbolchi Xorvatiyaga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru