
Bugun futbolchi klub bilan 4 yillik shartnoma imzolash uchun Neapolga uchib ketadi. Futbolchining transfer bahosi esa 10 mln evrodan sal kamroq bo'lishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kalexonni “Real”ga klubning sobiq bosh murabbiyi Joze Maurinyu taklif qilgan edi. Birinchi mavsumda futbolchi “Qirollik klubi” tarkibida 36 o'yin o'tkazgan va 13 ta gol urishga erishgan. Klub tarkibidagi ikkinchi mavsumda esa futbolchi 41 ta o'yinda maydonga tushgan va atigi 7 marota raqib darvozasini ishg'ol etgan edi.