Kaka jarohat olgan vaqtida "Milan"dan maosh olishdan bosh tortdi

16 sen 2013, 18:31
"Milan" yarim himoyachisi Kaka o'tgan o'yinda chap oyoq mushaklarini jarohatlab oldi va u jarohati tuzalib, safga qaytguniga qadar klubdan maosh olishdan bosh tortdi.
"Mening jarohatim haqida "Milan" rasmiy saytida o'qib ulgurgan bo'lsangiz kerak. Kechagi o'yin men uchun omadsiz kechdi. Bunaqa jarohat bo'lishini kutmagandim".

"Andriano Galliani bilan gaplashib, men jarohatim tuzalib, safga qaytgunimcha klubdan umuman pul olmaslik haqida qaror qabul qildim", dedi Kaka.


Manba: sports.ru