

"Barselona" klubi himoyachisi Jyul Kunde klubning Yevropa Ligasiga ravona bo'lgani haqida yozdi.
"Sizlar kabi "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatdan va umuman guruhdagi ishtirokimizdan hafsalamiz pir bo'ldi. Afsuski, YCHL talablariga javob bera olmadik.
Ammo hali mavsum uzun, g'alabalar oldinda. Ular uchun harakat qilish kerak. Biz esa kurashni davom ettiramiz. Muxlislarga esa qo'llab-quvvatlaganlari uchun rahmat", -deb yozadi Jyul Kunde o'zining instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, kecha YCHL beshinchi turidan so'ng "Barselona"ning Yevropa Ligasiga tushib kyetishi aniq bo'lib ulgurdi.



