

Joze Mourinyu Braziliya terma jamoasini boshqarishni istamoqda. Bu haqda UOL nashri jurnalisti Rafael Reys xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 60 yoshli murabbiy "Roma" bilan shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Braziliya terma jamoasi esa murabbiy uchun eng yaxshi variant hisoblanmoqda. Bundan tashqari, Mourinyu Evro-2024'dan keyin biror Yevropa terma jamoasini qabul qilib olishi ham mumkin.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyuning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar davom etadi.



