Joze Mourinyo Maguayrni maqtadi

12 avg 2019, 09:02
Sky Sports elekanali ekspertiga aylangan Joze Mourinyo “Manchester Yunayted” yangi a'zosi Harri Maguayrning “Chelsi”ga qarshi o'yindagi harakatlariga yuqori baho berdi.

“U o'yinning eng yaxshi o'yinchi nomiga to'liq loyiq o'ynadi. U xuddi qoyaga aylangandek edi. Harri o'yinni o'qiy oladi. Uning harakatlari jamoadoshlariga ishonch beradi. Maguayr qoyilmaqom o'yin o'tkazdi deb o'ylayman. Uning oldida endi Lindelof ham o'sishga erishadi. Kelajakda “Manchester Yunayted”ning himoyasi qoyilmaqom ko'rinishga kelishi mumkin”,-deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports