Joze Mourinyo: Ikkinchi bo'limda xuddi devorga qarshi jang qilgandekmiz

Narzulla Saydullayev
28 avg 2016, 08:27
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo Xall Sitiga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Biz g'alabaga haqli edik, bundan yirikroq hisobga haqli edik. Ammo so'nggi daqiqalarda g'alaba qozonsang ajoyib hissiyotlar kechadi.

Ikkinchi bo'limda xuddi devorga qarshi jang qilgandek bo'ldik. O'zimizni kuchli jamoa sifatida ko'rsatib raqibga gol urishga urindik. Yakunda maqsadimizga erishdik.

Har bir o'yinga g'alaba uchun tushishni tayinlayman. Mag'lubiyat va duranglar ham bo'ladi. Ammo yigitlar faqat g'alaba haqida o'ylashlari lozim, – deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com