Jizzaxda murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirish bo'yicha o'quv seminari boshlandi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2018, 17:03
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirish bo'yicha navbatdagi seminar Jizzax viloyatida boshlandi.

Bugun Jizzax Politexnika instituti majlislar zalida seminarning ochilishi bo'lib o'tdi. Seminarni Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vice prezidenti Anvar Musulmanov ochib berdi. U o'z so'zida mamlakatimiz prezidenti futbolga berayotgan e'tibori va bolalar futbolini rivojlantirish, viloyatdagi futbol maktablari va akademiya faoliyati,kelgusi rejalar haqida aytib o'tdi.Shuningdek, seminarda Jizzax viloyatidagi BO'SM,IBO'SM va sport muassalarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar,Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi vakillari  ishtirok etdi. Seminarni O'FA akademiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i O'ngar Jalimov olib bormoqda.

Seminarda O'FA va OFK instruktori Zoir Hasanov ham ishtirok etmoqda. 9-11 kunlari bo'lib o'tadigan ushbu seminarda murabbiylarning nazariy va amaliy bilimlari sinovdan o'tkaziladi. Nazariy mashg'ulotlarda murabbiylarning o'z sohalari bo'yicha bilimlari tekshirilsa,amaliy mashg'ulotlarda murabbiylarning mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rishi,mashg'ulotlarda bolalarga qanday ko'rsatmalar berish va futbolchilarning xatolarini qay tarzda tayyorlash kerakligi haqida ko'rsatmalar beriladi va murabbiylarning harakatlari nazorat qilinadi. Seminar yakunda esa murabbiylar imtixon topshirishadi.

Jizzax FA matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz