Jizzaxda ikkita musobaqa bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2018, 20:24
Jizzax viloyatida ikkita musobaqa o'tkazildi.

Jizzax viloyatida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2018 yilgi taqvim rejasiga asosan  U-16 yoshli o'smirlar o'rtasida mini-futbol (futzal) bo'yicha O'zbekiston Kubogi  musobaqasi o'z nihoyasiga etdi. Qayd etilgan natijalar:

Musobaqa yakunlariga ko'ra 3 - o'rinlarni Samarqand va Buxoro viloyati jamoalari, 2-o'rinni Sirdaryo viloyati hamda 1-o'rinni Jizzax viloyati terma jamoalari egallashdi.

Musobaqa g'oliblari O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining Kubok, medal, diplomlari hamda Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Ushbu musobaqani odilona boshqarib borgan hakamlar brigadasi ham Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.



Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Saliev Ergash Alibekovich tomonidan ilk marta viloyat 2-liga chempionati g'olibi hamda "Viloyat hokimi Kubogi" musobaqasi g'olibi jamoalari o'rtasida "Viloyat Super Kubok" bahsi o'tkazildi. Zomin tumani markaziy stadionida o'tkazilgan uchrashuvda Zarbdor tumanining "Bo'ston" hamda Yangiobod tumanining "Yangiobod" jamoalari o'zaro bellashishdi. Qizg'in va kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda Yangiobod tumanining "Yangiobod" jamoasi yakunda 3-2 hisobida g'alaba qozonib "Viloyat Super Kubogi" ning ilk sohibiga aylanishdi. O'yin yakunlangach yopilish va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda so'zga chiqqan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Saliev Ergash Alibekovich hammani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi. Shundan so'ng uchrashuvning birinchi goli muallifi "Yangiobod" jamoasi futbolchisi Qodirov Jaxongir, uchrashuvning engi yaxshi o'yinchisi "Bo'ston" jamoasi futbolchisi Eldorbek Erkinovlar viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti tomonidan televizor bilan taqdirlandilar. Zarbdor tumanining "Bo'ston" jamoasi diplom, Yangiobod tumanining "Yangiobod" jamoasi "Viloyat Super Kubogi" hamda diplom bilan taqdirlanishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia