Jerrard Sidneyda "Liverpul" afsonalari uchrashuvida ishtirok etdi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2016, 18:45
Sidneyda "Liverpul" afsonalari ishtirokida futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"Qizillar" Avstraliya afsonalari terma jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etdi. "Liverpul" safida jamoaning sobiq futbolchilari to'p tepishdi: Stiven Jerrard, Luis Garsiya, Ien Rash, Jeymi Karrager, Robbi Fauler, Vladimir Shmicer, Yon Arne-Riise va boshqalar.
"Liverpul" afsonalari jamoasini klub sobiq ustozi Jerar Ule boshqardi.
O'yinga 40 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool