

Eslatib o'tamiz, murabbiy koronavirus bilan kasallangani tufayli mazkur bahsda qatnasholmaydi.
“Chelsi”ga past nazar bilan qarab bo'lmaydi. Tuxelning oxirgi intervyularini kuzatdim va tushundimki, raqiblarimiz rotatsiyadan foydalanishiga to'g'ri keladi. Biroq, bu bizning tayyorgarligimizga hech qanday ta’sir o'tkazmaydi, raqibning eng zo'r variantini o'rganib chiqamiz.
Ularning jamoasi jahon darajasidagi ijrochilar bilan to'ldirilgan, shu tufayli rotatsiya qilgan holda ham kuchli o'yin o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lishadi”, deydi Jerrard.



