

- Gvardiola maydonda ajoyib murabbiy. Lekin bizlarning o'zaro suhbatlarimiz hech qachon yaxshi kechmagan.
Pep futbolchilarga nega zaxirada qolayotganiga tushuntirish bermaydi. Futbolchilar qaysi sababga ko'ra zaxirada o'tirganini bilishmaydi.
Futbolchi mashg'ulotlarda jonini berib ishlasa, shug'ullansa va zaxirada o'tirsa alam qiladi.
Murabbiy esa jurnalistlar bilan muloqotda o'sha futbolchi ajoyib holatda, yaxshi ishlamoqda desa-yu, lekin uni zaxirada qoldiraversa, bu yanada yoqimsiz holat. Hech bo'lmasa futbolchiga nega zaxirada qolayotganini tushuntirish va aynan qaysi jihatga ko'ra kamchiliklari borligini murabbiy takidlamog'i lozim.



