"Jenoa" Ballardinini iste'foga chiqardi

Sherzod Nurmatov
6 noya 2021, 20:34
Genuyaning "Jenoa" klubi bosh murabbiy Davide Ballardinini ishdan bo'shatdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Ballardini o'tgan yilning dekabrida to'rtinchi marta "Jenoa" bosh murabbiyligiga tayinlangan edi.

Oldinroq "Sky Sports" jurnalisti Di Marcio Ukraina terma jamoasi sobiq ustozi Andrey Shevchenko "Jenoa" ruliga kelishga yaqin ekanligi haqida aytgandi.

Ma'lumot uchun, jamoa 12 turdan keyin 10 ochko to'plab, Italiya chempionatida 17-o'rinda bormoqda. 




O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: genoafc.it