Shevchenko "Jenoa"ni boshqarishi mumkin

Alisher
6 noya 2021, 12:23
Ukraina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Andrey Shevchenko faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, ukrainalik mutaxassis "Jenoa" bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Jenoa" joriy mavsum 12ta o'yinda 9 ochko jamg'ardi. Jamoa A Seriya jadvalida 15-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, 45 yoshli Shevchenko Ukraina termasini 2016 yilda qabul qilib olgan edi. Jamoa uning qo'l ostida Evro-2020ning 1/4 finaliga qadar yetib bordi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio