JCH-2026 saralashi. Osiyo qitasida bugun 9 ta o'yin bor

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2025, 13:19
Bugun Osiyo qitasida 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi 9 ta uchrashuv bo'lib o'tadi.

O'zbekiston safarda BAAga qarshi maydonga tushishidan xabaringiz bor. Ushbu guruhdan o'rin olgan qolgan ikkita o'yin Toshkent vaqti bilan 23:15da boshlanadi. Eron Qatar mehmoni bo'ladi, Qirg'iziston esa Saudiya Arabistonida KXDR bilan to'qnash keladi.

Bugun Koreya Respublikasi Iroqqa yutqazmasa Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Iordaniyada ham bugun yo'llanmaga ega chiqish imkoniyati bor.

Avstraliya esa o'z maydonida Yaponiyani mag'lub etsa Saudiya Arabistoni Bahraynni taslim qilsa oxirgi turda Saudiya Arabistoni - Avstraliya o'yini JCH yo'llanmasi uchun bo'ladi.  


JCH-2026 saralashi, Osiyo qitasi, 9-tur
5 iyun

21:00 BAA - O'zbekiston
23:15 Qatar - Eron
23:15 KXDR - Qirg'iziston



21:00 O'mon - Iordaniya
23:15 Iroq - Koreya Respublikasi
23:15 Kuvayt - Falastin



16:10 Avstraliya - Yaponiya
18:45 Indoneziya - Xitoy
21:00 Bahrayn - Saudiya Arabistoni


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia