

"Nice-Matin" xabariga ko'ra, klub rahbariyati vakillari portugaliyalik mutaxassisni iste'foga chiqarish borasida qaror qabul qilib olishgan.
Jardimni o'tgan yili ham iste'foga chiqarishgandi. O'shanda uning o'rnida ishlagan Terri Anri qo'l ostida jamoa qoniqarsiz natijalar qayd etganidan keyin Jardim yana o'z joyiga qaytarilgandi.
Ayni damda "Monako" Liga 1 turnir jadvalining 10-qatorida ketmoqda.



