Jan “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2017
“Liverpul” yarim himoyachisi Emre Jan “Yuventus”ga o'tmaydi.

Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, nemis futbolchisi jamoasi bilan shartnomasini 2021 yil yoziga qadar uzaytiradi va unga ko'ra haftasiga 100 ming funt maosh oladi.

Ushbu futbolchiga “Yuve”dan tashqari “PSJ” ham qiziqish bildirgan edi. Yarim himoyachining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yil yozida nihoyasiga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttomercatoweb