"Jamoa shunchaki yulduzlar yig'indisidan iborat". PSJ muxlislari rahbariyat va futbolchilarga murojaat bilan chiqishdi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2022, 23:29
"Real Madrid"dan uchralgan mag'lubiyatdan PSJ muxlislariga juda qattiq ta’sir qildi.

RMC Sport nashri klub muxlislarining PSJ rahbariyati va futbolchilariga yo'llagan murojaatini nashr qildi.

Biz sodir bo'lishidan qo'rqqan ayanchli va qabul qilib bo'lmas voqea afsuski yuz berdi. Jamoa mavsum boshlanganini fevral oyida his qilsa, o'yinlarni piyoda yurib o'tkazsa, qachon yuqori cho'qqilarni zabt etamiz? Jamoa shunchaki yulduzlar yig'indisi bo'lsa, ular tom manoda bir-birini umuman to'ldirmasa, haqiqiy futbol loyihasini qanday yaratamiz? Qarorni o'zi qabul qilmasligi ko'rinib turgan murabbiyni kiyim almashtirish xonasida kim hurmat qiladi? O'z muxlislari bilan uchrashuvdan ko'ra moda haftaligida ko'proq ko'rinish beradigan futbolchilarda barchasini o'nglash uchun ishtiyoq qayerdan ham bo'lsin? 

Bizning xotiramiz qisqa emas. Nosir Al Helayfining vazifasi nimalardan iborat ekanligini juda yaxshi bilamiz. Ammo ko'rinishidan u bu joyga loyiq emas. Hozirgi ahvol jamoani to'liq qaytadan qurishni talab qiladi. Bizning PSJ jamoadan foydalanadigan emas, unga yordam beradigan insonlarga loyiq. Rahbariyatdan iste'fo talab qilamiz!", -deyiladi muxlislar bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: RMC Sport