Jahon chempionatiga chiqishga tayyormizmi?

Iskandarov Abdulaziz
28 avg 2024, 16:05
O'zbekiston terma jamoasi 5 sentyabr sanasidan boshlab JCH-2026 saralashidagi yurishini boshlaydi.

"Oq bo'rilar" shu kuni Toshkentda KHDRni mehmon qiladi. Biz esa mazkur saralash oldidan terma jamoa libosida ko'plab o'yinlar o'tkazgan futbolchilar, murabbiylarning fikrlari bilan qiziqishni boshladik. Bu borada Islom To'xtaxo'jaev imkoniyatlarni baholadi. 

"Imkoniyatlarimizni yaxshi baholagan bo'lardim, biz uchun guruhda ancha qulay raqiblar tushgan. Ustunligimiz shuki, Katanets kelganidan beri deyarli bir xil tarkib o'ynamoqda. Yigitlar bir-birlarini yaxshi tushunib olishgan. Murabbiyning nima istayotganini muammosiz anglashadi. 

Hayajon doim bo'ladi. Asosiysi futbolchilar va murabbiylarga ishonib qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Ular bizga bayram qilib berishadi. Hech qanday ortiqcha o'ylantiradigan jihati yo'q. 

Albatta mundialga chiqishga tayyormiz deb o'ylayman. Bu safar kvotlar ko'paygan, guruhimiz qulay",- deydi Islom To'xtaxo'jaev. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia