

Qatarga qarshi o'yinning 16-daqiqasida Ekvador terma jamoasi hujumchisi Enner Valensiya 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.
Shu tariqa, jahon chempionatlari tarixida birinchi marta hisob penaltidan ochildi.
Eslatib o'tamiz, mazkur o'yin 2:0 hisobida ekvadorliklar foydasiga hal bo'ldi.



