Ivan Rakitich: "Messi, Suares va Neymar bilan bir jamoada o'ynash oson emas"

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2015, 13:45
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich Messi-Neymar-Suares bilan o'ynash oson emasligini ta'kidladi.

"Ko'pchilik ular bilan o'ynash oson deb aytishadi. Bunga qo'shilmayman. Bu futbolchilar boshqa darajadan va agar biz ular uchun o'ynasak, bu uchlik shunga arziydi.

Ammo bu oson degani emas. Agar ularning biri uchun imkoniyat yaratishga 5 kilometr yugurishim kerak bo'lsa, meni buni bajaraman.

Barcha Messini o'z jamoasida bo'lishini istaydi, ammo baxtimizga u biz bilan.

U boshqalar uddalay olmaydigan ishlarni amalga oshiradi. U bilan hayot osonroq" - deydi Rakitich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru