Ivan Boshkovich: Futbolda doim yaxshi o'ynagan jamoa g'alaba qozonmaydi

Khoja
1 dek 2024
Dinamo - So'g'diyona uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yinni yomon o'tkazmadik, vaziyatlarga ega bo'ldik. Biz nafaqat bitta, balki undan ham ko'proq gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldik. O'yini to'liq boshqardik, biroq vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda Dinamo yaxshi harakat qildi, ochiq futbol guvohi bo'ldik. Muxlislar bugungi o'yindan xursand. Ular gol urishga erishishdi, biz esa ura olmadik. Futbolchilarimning mahorati etarli edi, ammo ular bugun asabiylashishdi. Nima uchun bunday bo'lganini bilmayman. Dinamo jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Medal olishimiz o'z qo'limizda edi. Menga jamoa nima uchun to'rtinchi o'rini olganini tushuntirib berishdi. Mavsumdan to'liq qoniqish hosil qilganim yo'q, men bundan ko'prog'ini kutgandim. Endi kelasi mavsumga yanada jiddiyroq tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. Bu yilgidan ko'ra yaxshiroq natija ko'rsatishga intilamiz. Men jamoamga ishonaman.

Umumiy mavsum uchun So'g'diyona jamoasiga 10 ballik tizimda necha baho qo'ya olasiz?

Men baholay olmayman.Chunki men bu jamoani qanday mehnat qilayotganini ko'rib turibman. Jamoa rivojlanishi lozim. Mavsum boshida jamoa umuman boshqacha edi va mavsum davomida futbolchilarim ancha o'sishga erishdilar deb o'ylayman. Biz ko'p narsalarni yaxshilashga erishdik. Futbolda doim yaxshi o'ynagan jamoa g'alaba qozonmaydi.

Jamoaning kelajagi haqida nima deya olasiz? Bazi manbalarda jamoa yetakchilari So'g'diyonani tark etishini yozmoqda.

- Oldindan hech nima deyishni istamayman. Rahbariyat bilan gaplashib olishimiz kerak. Menimcha katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Kim qoladi, kim kyetishini hali gaplashib olishimiz lozim bo'ladi. Jamoaning o'zagi saqlab qolinadi. Yil davomida bir nechta yaxshi yosh futbolchilar yetishib chiqishdi. Ular katta futbol o'ynashga tayyorlar. Katta o'zgarishlar bo'lmaydi, biz yoshlar bilan rivojlanishda davom etishimiz lozim. Yaxshi jamoani bir kunda yoki bir oyda tuzib bo'lmaydi. Biz ma'lum vaqt ishladik va menimcha hozirgi jamoa ancha yaxshi darajada. Kelasi mavsum ham yaxshi darajada o'ynashga harakat qilamiz.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia