Ispaniya terma jamoasining boshqa a'zolarida koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilmadi

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2021, 09:56
Ispaniya terma jamoasi futbolchilari va xodimlari koronavirus uchun navbatdagi testlarni topshirishdi.

Avvalroq terma jamoaning ikki futbolchisi - Diego Lorente va Serxio Busketsda koronavirus aniqlangandi. 

Ispaniya futbol federatsiyasining ma'lumot berishicha, oxirgi testlardan so'ng terma jamoaning barcha a'zolarida manfiy natija chiqqan. Futbolchilar mashg'ulotlarni davom ettira boshlashgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sefutbol.com