"Barselona" "Real"ni mag'lub etib, Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi

Оқил Абдубарноев
16 yanv 2023, 01:54
Ispaniya Superkubogining hal qiluvchi bahsida "Real Madrid" - "Barselona" to'qnash keldi.

33-daqiqada Gavi Robert Levandovskining uzatmasidan so'ng hisobni ochdi. Polshalik forvardning o'zi esa 45-daqiqada gol urdi, bu safar Gavi unga yordam berdi.

69-daqiqada Pedri hisobni yirik ko'rinishga keltirdi, Gavi yana golli uzatmani amalga oshirdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa Benzema hisobni qisqartirdi. 

Shu tariqa, "Barselona" o'z tarixida o'n to'rtinchi bor, Xavi qo'l ostida esa ilk bor Superkubok sohibiga aylandi.


"Real Madrid" - "Barselona" 1:3

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Nacho, 72), Ryudiger, Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 65), Kroos (Asensio, 72), Kamavinga (Rodrigo, 46), Valverde, Benzema, Vinisius Junior.

Barselona – ter Stegen, Arauxo (Erik Garsiya, 86), Kristensen, Kunde, Balde, Buskets, de Yong (Kessie, 87), Pedri (Serdji Roberto, 90), Gavi (Fati, 90), Levandovski, Dembele (Rafinya, 78).

Ogohlantirishlar: Mendi (32), Kristensen (49), Arauxo (68), Valverde (82).


O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia