Ispaniya Kubogi. “Betis” – “Sevilya” bahsi oxiriga etmay qoldi. Mehmonlar futbolchisiga plastik buyum uloqtirildi

Eldor Akmurzayev
16 yanv 2022, 07:40
Ispaniya Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan “Betis” – “Sevilya” uchrashuvi oxiriga yetmadi.

39-daqiqada mezbonlar Nabil Fekirning burchak to'pidan kiritgan chiroyli to'pi evaziga hisobni (1:1) tenglashtirishdi. “Betis” a'zolari golni nishonlayotgan vaqtda mehmonlar a'zosi Joan Jordanga tribunadan plastik tayoq uloqtirildi.

Uchrashuv bosh hakami Rikardo Bengoechea mazkur tartibsizlik tufayli o'yinni vaqtincha to'xtatishga qaror qildi. Keyin esa Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi “Benito Vilyamarin”dagi o'yin davom etmasligi haqida bayonot berdi. Katta ehtimol bilan tashkilot “Betis”ga qarshi chora ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/rfef