Ispaniya klublari Abbos Fayzullayevni kuzatmoqda

Sherzod Nurmatov
14 apr 2025, 11:14
Moskva SSKA jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev yozgi transfer oynasida Rossiya Premer-ligasini tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 21 yoshli futbolchiga Ispaniya klublari qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Fayzullayevga Fransiyadan ham da'vogarlar bor. O'yinchiga aynan qaysi klublar tomonidan qiziqish bo'layotganiga aniqlik kiritilmagan. 

O'zbekistonlik futbolchi joriy mavsum RPL va Rossiya Kubogida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Fayzullayevning transfer qiymati 8 mln evroni tashkil etadi.

Portugaliyalik futbol agenti Fayzullayevning "Benfika"ga transferi masalasida fikr bildirdi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: euro-football.ru