Ispaniya klublari Abbos Fayzullaevni kuzatmoqda

Sherzod Nurmatov
14 apr 2025
Moskva SSKA jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev yozgi transfer oynasida Rossiya Premer-ligasini tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 21 yoshli futbolchiga Ispaniya klublari qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Fayzullaevga Fransiyadan ham davogarlar bor. O'yinchiga aynan qaysi klublar tomonidan qiziqish bo'layotganiga aniqlik kiritilmagan. 

O'zbekistonlik futbolchi joriy mavsum RPL va Rossiya Kubogida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Fayzullaevning transfer qiymati 8 mln evroni tashkil etadi.

Portugaliyalik futbol agenti Fayzullaevning "Benfika"ga transferi masalasida fikr bildirdi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: euro-football.ru